Yangibozorda oilaviy poliklinika ish boshladi







Bog‘olon mahallasida 64-sonli oilaviy poliklinikaning ochilish tadbiri o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari San’at Salaev, tuman hokimi Ruslan Jumaniyazov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Ko‘pal Tangriberdiev qatnashdi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur tibbiyot muassasasi ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda keyingi yillarida aholi sog‘ligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va saviyasi tobora yuksalib borayotganligini ta’kidladi.
Yangi ish boshlagan oilaviy poliklinika zarur tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar bilan ta’minlangan. Qolaversa, shifokorlarning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, aholi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.